Bojxonada do‘ppisiga $35,6 mingni yashirgan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
30 iyun 2266 1 daqiqa
Andijonda bojxona xodimlari 35,6 ming AQSH dollarini do‘ppisining ichida yashirincha olib chiqishga uringan yo‘lovchini to‘xtatib qoldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holat Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona postida fosh qilingan. Qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan 51 yoshli fuqaro boshidagi do‘ppisining ichiga 35,6 ming AQSH dollarini yashirib, olib chiqmoqchi bo‘lgan vaqtida to‘xtatib qolingan.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan mazkur naqd xorijiy valyutalar protsessual tartibda olib qo‘yilgan. Bildirilishicha, holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan rezidentlar 100 million so‘mgacha ekvivalentdagi naqd xorijiy valyutalarni olib chiqishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Navoiy” chegara bojxona postida yo‘lbarssimon bo‘g‘ma ilonni mamlakat hududiga olib kirishga urinish holati fosh etilgan edi.

Live
Barchasi