Bojxonada 5 xodim korrupsiya bilan qo‘lga tushdi. Ular tergovga topshirilgan
Jamiyat
−
15 noyabr 2022
8388Bugun, 15 noyabr kuni Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda rais tomonidan bir necha bor ogohlantirishlarga qaramasdan, tizimda hanuzgacha korrupsiyaga qo‘l urayotgan xodimlar ishdan bo‘shatildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona postida joriy yilning iyun-sentyabr oylarida olib borilgan tezkor o‘rganishlar natijasida, olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ortilgan yuk transport vositalarini hujjatlarda go‘yoki bo‘sh holatda deya ko‘rsatgan holda olib chiqilganligiga doir fakt va dalillar aniqlangan.
Yig‘ilishda DBQ raisi mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.
Shu kunning o‘zida “Oybek” chegara bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari va 3 nafar xodimlari bojxona organlaridan bo‘shatilgan va tergov organlariga topshirilgan.
Shuningdek, yig‘ilishda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona komlpeksi “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona postida aniqlangan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniny olib kirishga urinish holati aniqlangani aytib o‘tilgan. Buning oqibatida mazkur post smena boshlig‘i ham bojxona organlaridan bo‘shatilgan.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyatida tovarlarni “reeksport” qilmasdan, ichki hududda olib qolinishiga sharoit yaratib bergan xodimlar ham tanqid qilingan. Mazkur holatga aloqador “Qo‘qon” TIF bojxona postining 1 nafar xodimi ham ishdan bo‘shatilgan va holatga aloqador bir qator xodimlar intizomiy jazoga tortilgan.
LiveBarchasi