Bojxonada 3 mlrd so‘mdan ziyod noqonuniy tekstil tovarlari ushlab qolindi

3-sahifa

image

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlarining operativ ma’lumotlari asosida navbatdagi yirik miqdordagi qonunbuzilish holatlari fosh etildi. Bu haqda bo‘lim Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan xususiy korxona nomiga xorijdan olib kelingan umumiy qiymati 2 575,5 AQSH dollari bo‘lgan, og‘irligi 26 000 kilogrammni tashkil etuvchi tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun xomashyo tovarlari bojxona organlarida joriy etilgan xavfni boshqarish tizimi tomonidan avtomatik ravishda “sariq” yo‘lakka yo‘naltirilgan.

Taqdim etilgan hujjatlar bojxona xodimlarining e’tiborini tortgan va mazkur tovarlar xavf darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega deb topilib, “Qizil yo‘lak”ga yo‘naltirilib hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, hujjatlarda qayd etilmagan qiymati 3 mlrd so‘mdan ziyod miqdordagi to‘qimachilik matolari bo‘yicha davlat byudjetiga undirilishi lozim bo‘lgan 563 mln so‘mlik bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinish fosh etilgan.

“Agarda, mazkur “uddaburon tadbirkor”ning bojxona xodimlariga taqdim qilgan  dastlabki hujjatlarida aks etgan ma’lumotlari, ya’ni tovar miqdori hamda TIF TN kodi asosida bojxona to‘lovlari hisoblanganda edi 41 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlari undirilar edi”, deyiladi xabarda.

Holat bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan 3 mlrd. 323 mln. so‘mlik tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlarini to‘liq undirilishini ta’minlash maqsadida vaqtincha saqlovga olinib,  surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona testil'

Baholaganlar

83

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing