Bojxona yana bir holatni aniqladi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.R. boshqaruvidagi “Changan” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs avtotransport yukxonasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 15 million so‘mlik 6 dona “Avangard” nomli muzlatgichlarini xashaklar ortiga yashirib olib ketayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bojxona Farg'ona

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing