Bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 24 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. 

Qayd etish kerakki, qonun loyihasi bilan 75 ta moddaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Taklif etilayotgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:

  • bojxona nazoratini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda. Tovar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga joylashtirish maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar berish tartibi bekor qilinyapti;
  • Bojxona to‘lovlari to‘lanishini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona to‘lovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi – Yagona bojxona to‘lovi undirishni nazarda tutuvchi normalar belgilanmoqda;
  • Bojxona ma’murchiligi yo‘nalishida esa vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etilgani munosabati bilan yangi modda bilan to‘ldirilmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi bilan tovarlarni eksport va import qilish jarayonidagi mavjud tartibotlarni yanada soddalashtirish orqali rasmiylashtiruv jarayonlari tezlashadi va shaffofligi ta’minlanadi. 

Majlisda qonun loyihasi uchinchi  o‘qishda ham qabul qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

66

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing