Bojxona qo‘mitasi mansabdori hibsga olindi

3-sahifa

image

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ushlangani haqida xabarlar tarqaldi. Qo‘mita rahbariyati AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida hodisaga izoh berdi. 

Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxs bo‘lim xodimi maqomidagi shaxs bo‘lib, to‘lovlar bo‘limida ishlagan  va u sug‘urta kompaniyasi bilan til biriktirgan. Bojxona tizimida sug‘urta polisi asosida to‘lovlarni ma’lum muddatga kechiktirishga ruxsat berish amaliyoti bor.  

Bojxona xodimi sug‘urta kompaniyasi bilan kelishib, uning manfaatini noqonuniy ravishda himoya qilgan. Xodim harakatlari ikki oy davomida xavfsizlik xodimlari ishtirokida kuzatib kelingan, jinoyat alomatlari tasdiqlangach esa hibsga olingan.  

“Bu yerda bojxona to‘lovlarini bo‘lib-bo‘lib to‘lash yo‘nalishidagi bir amaliyot – sug‘urta kompaniyalaridan taqdim qilingan sug‘urta polisi asosida ma’lum muddatga bojxona to‘lovlarini kechiktirish uchun ruxsat berish haqida gap ketyapti. Ruxsat berish jarayonida o‘sha xodim sug‘urta kompaniyasi bilan jinoiy til biriktirgan”, deydi Bojxona qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Ilhom Muxtorov.

Qo‘mita rahbariyati tomonidan bu sxemani aniqlash bo‘yicha topshiriq berilgan. Joylardan olingan ma’lumotlar asosida tekshiruv natijasida 145 milliardga yaqin mablag‘ sug‘urtalash orqali o‘zlashtirishga erishmoqchi bo‘lishgani aniqlangan. 

Shuningdek, xodim qo‘mitaning o‘z xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda 2-3 oy kuzatuvda bo‘lgan. Kuzatuv davomida uning jinoiy guruhlarga aralashib, ularning manfaatlari uchun xizmat qilgani fosh bo‘lgan.  

“Xizmat tekshiruvi asosida xodim 23 noyabr kuni ishdan bo‘shatilgan edi. Bo‘shatilgandan keyin mana shu harakatda jinoyat elementlari bo‘lgani uchun xodim bugungi kunda hibsga olingan. Hozirda 145 milliard so‘m zarardan 84 milliard so‘mi undirishga erishilgan. Kompaniyaning bir-ikki xodimi chet elga qochib ketgan, ular qidiruvga berilgan”, deydi Ilhom Muxtorov.


Maqola muallifi

Teglar

qamoq Bojxona qo'mitasi sug'urta kompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made