Bojxona qiymati aniqlanmagan tovarlarni chiqarib yuborish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarlarni bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmaganda ular taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona organlari tomonidan shartli ravishda chiqarib yuboriladi. Bunda bojxona organi tovarlarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.

Shartli bojxona qiymatini belgilash orqali tovarlarni chiqarib yuborish deklarant xohishiga ko‘ra, jumladan, tovar-xomashyo birjalarining xorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari bo‘yicha tovarlarning yakuniy narxi aniq bo‘lmaganda amalga oshirilishi mumkin.

Deklarant tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida aniqlab, bojxona organlari axborot tizimi orqali bojxona organlariga murojaat etadi.

Shunga ko‘ra, bojxona organi deklarantni shartli bojxona qiymati haqida 1 ish kuni ichida xabardor qiladi.

Deklarant tegishlicha hisoblangan bojxona to‘lovlarini to‘laydi.

To‘lov amalga oshirilgach, bojxona organi 2 ish kunida tovarlarni shartli bojxona qiymati asosida rasmiylashtiradi.

Deklarant yakuniy bojxona qiymatini belgilash maqsadida ma’lum qilingan bojxona qiymatini asoslash uchun tovarlar chiqarib yuborilgandan so‘ng 60 kunda zarur hujjatlarni taqdim etadi.

Hujjatlar 3 ish kunida o‘rganib chiqilib, bojxona qiymatini asoslash uchun yetarli deb topilgan taqdirda, deklarant xabardor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

8

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing