Boysunda yangi gazli ob’ekt topildi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida (M25) yangi gazli ob’ekt topildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu gazli ob’ekt M25 ob’ektida olib borilgan burg‘ulash ishlari natijasida aniqlandi. 1-O qudug‘ini qurishda XV va XVa gorizontlaridan tashqari XVI gorizonti ham topildi. Bu yerdagi gazning o‘rtacha kundalik oqimi 300 ming kubometrni tashkil etadi. Topilgan sanoat gazining oqimi XVI gorizontda gaz mavjudligini ko‘rsatib, M25 koni atrofida yangi gazli ob’ektning topilganidan dalolat beradi.

Burg‘ulash va quduqni qurish ishlari “Surhan gas chemical operating company” MCHJ XK va “ERIELL” kompaniyasi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirildi. “ERIELL” kompaniyasi Markaziy Osiyo, Rossiya Federatsiyasi va Yaqin Sharqda shu kabi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha katta tajribaga ega.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Boysun

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing