Botqoqqa yashirilgan xazina topildi

Olam

image

Niderlandiyada xazina izlovchi Xogvaud shahri yaqinidagi botqoqdan 800 yil avval yashirilgan xazinalarni topdi. Bu haqda “Live Science” nashri xabar berdi.

Tarixchi Lorentso Ruyter xazinani metall detektor yordamida botqoqda kezib yurganida topdi. Xazinada to‘rtta oltin sirg‘a, ikkita oltin buyum va 39 kumush tanga bor. Niderlandiya Milliy antiqa buyumlar muzeyi arxeologlari bu xazinani o‘rta asrlarga mansubligini aniqladi.

Muzey mutaxassislarining fikricha, hashamatli zargarlik buyumlari boy va nufuzli odamga tegishli bo‘lishi mumkin.

Kumush tangalar turli tarixiy davrlarga oid. Ularning bir qismi XIII asr boshlarida, boshqalari esa Muqaddas Rim imperiyasi davrida zarb qilingan. Eng yangi tanga 1240 yillarning so‘nggiga mansub bo‘lib, bu urush davriga to‘g‘ri keladi. Balki aynan shuning uchun mazkur xazina egasi qimmatbaho buyumlarni yashirgan bo‘lishi mumkin.

Arxeologlar oltin buyumlarni ishlab chiqarish vaqti va joyini aniqlash uchun o‘rganishni davom ettirmoqdalar, ammo ulardagi o‘ymakorlik Frizlandga xosdir.

“Biz jamiyatning yuqori qatlamlaridagi odamlarga – qirollar va gersoglarga tegishli ob’ektlarda izlanishlar olib boramiz. Afsuski, biz ularning qiymatini aniqlay olmaymiz, chunki bizda solishtirish uchun hech narsa yo‘q. Biz ularning sentimental qiymati bor-yo‘qligini ham bilmaymiz”, deydi Niderlandiya milliy antiqa buyumlar muzeyi O‘rta asrlar kolleksiyasi kuratori Annemariyeke Uillemsen.


Maqola muallifi

Teglar

Niderlandiya sirli xazina botqoq xazina izlovchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing