Botir Qudratxo‘jayevga general-mayor unvoni berildi
Jamiyat
−
25 fevral 2025 24673 1 daqiqa
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangan edi. O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan unga general-mayor unvoni ham berildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq Botir Qudratxo‘jayevga general-mayor harbiy unvoni berilgan.
Tayinlovga qadar Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari – Harbiy prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust