Sirdaryoda 3 kishining o‘limiga olib kelgan YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

2020 yilning 5 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida mudhish yo‘l transporti hodisasi yuz berdi. Oqibatda 3 nafar shaxs olamdan bevaqt ko‘z yumdi. 

Shu kuni soat 23:30 da 31 yoshli R.M. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina tumanning “Do‘stlik” MFY hududida yo‘lovchilar bilan harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Avtomobil boshqaruvi yo‘qotilib, yo‘l bo‘yidagi P-12 kanaliga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda mashina xaydovchisi R.M., avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqarolar 30 yoshli A.D. va 22 yoshli R.M. (ayol) hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Sayxunobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Sirdaryo

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing