Boshqirdistonda o‘zbekistonlik erkak suvda cho‘kib ketdi
Olam
−
18 iyun 4312 1 daqiqa
Rossiyaning Boshqirdiston Respublikasida cho‘milish uchun suvga tushgan o‘zbekistonlik erkak cho‘kib ketib, halok bo‘ldi. Bu haqda Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 iyun kuni Bakalinskiy tumanidagi Galiullinka qishlog‘idagi hovuzdan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 50 yoshli erkakning jasadi chiqarib olingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lgan erkak mast holatda bo‘lgan va suzish uchun mo‘ljallanmagan joyda cho‘milgan.
Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Parkent tumanida 3 nafar voyaga yetmagan bola suv havzasida cho‘kib, vafot etgani xabar qilingan edi. Voqea bo‘yicha Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) va 207- moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi