Boshqaruvda kim bo‘lishidan qat’i nazar Afg‘onistonning yonida turamiz — Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an do‘st afg‘on xalqini har qanday vaziyatda va har qanday rahbarlikda qo‘llab-quvvatlashdan to‘xtamasligini bildirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Erdo‘g‘anning bayonotidan iqtibos keltirib xabar berdi.

Rajab Erdo‘g‘an “Tolibon” harakati vakillari bilan Turkiya fuqarolarining farovonligi va afg‘on xalqi uchun hamkorlik qilishga tayyorligini aytdi.

“Afg‘on halqining Mustaqillik uchun kurashimizda ko‘rsatgan moddiy va ma’naviy yordamini unutishimiz mumkin emas. Mamlakatlarimiz o‘rtasida 1921 yil 1 martda ittifoqchilik shartnomasi imzolangan. Boshqaruvda kim bo‘lishidan qat’iy nazar Afg‘onistonning og‘ir kunida yonida turish vazifamizdir. Vakolatli idoralarimiz “Tolibon” bilan muloqotda bo‘lib turibdi. Biz mamlakatning kelajagi borasida suhbatlashish uchun “Tolibon” yetakchilari bilan uchrashishimiz mumkinligini aytgandik. Bu taklif hamon o‘z kuchida”, deydi Erdo‘g‘an.

Erdo‘g‘an “Tolibon” harakatining mo‘’tadil va mantiqli bayonotlarini mamnuniyat bilan qarshi olganini ta’kidlagan.

Qayd etilishicha, Erdo‘g‘an hafta oxirigacha Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Markel bilan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Siyosatchining ta’kidlashicha, Turkiya hukumati Afg‘onistondan 552 nafar fuqarosini evakuatsiya qilgan.

Joriy yilning iyul oyida Erdo‘g‘an, agar AQSH Turkiyani qo‘llab-quvvatlasa, ular Qobul aeroportini boshqarishi mumkinligini aytgandi. Bundan tashqari, u Afg‘oniston va mintaqaga “yangi davr kelyapti” degandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi.

Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng, u Tojikiston, Omon va O‘zbekistonda ekani aytildi. Biroq, yakunda ularning hech biri o‘z tasdig‘ini topmadi. Kecha, 18 avgust kuni esa, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Ashraf G‘ani va uning oila a’zolariga boshpana bergani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Turkiya

Baholaganlar

182

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing