Bosh vazir yordamchisi Sarvar Ashurov ishdan olindi
Jamiyat
−
25 noyabr
8717O‘zbekiston Bosh vazirining yordamchisi – Bosh vazir qabulxonasining mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Sarvar G‘aniyevich Ashurov lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Ashurov nima sababdan ishdan bo‘shatilgani ochiqlanmagan.
Ma’lumot uchun, Sarvar Ashurov 1982 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent moliya instituti bitiruvchisi hisoblanadi. U muqaddam “Kamolot” YOIH raisi o‘rinbosari va tashkilotning vaqtinchalik raisi lavozimlarida ham faoliyat ko‘rsatgan. Ashurov 2020 yilning 10 iyulidan 2022 yil yanvarigacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2022 yil yanvarda esa Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimida ishlab kelgan Abdusalom Abdumavlonovich Azizov lavozimidan ozod qilingach, mudofaa vaziri sifatida ishlab kelayotgan Bahodir Nizomovich Qurbonov Davlat xavfsizlik xizmati raisi etib tayinlangandi. Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov esa Mudofaa vaziri etib tayinlandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i polkovnik Ahrorjon Halimjonovich Atxamov hamda Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan IIBB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Temur Akramovich Sobirov lavozimidan ozod etildi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr