Bosh vazir o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ning hukumatdagi manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Zulayho Mahkamova 1968 yil 29 avgustda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011-2017 yillarda Namangan viloyati kasaba uyushma tashkilotlari birlashmasi raisi, 2017-2018 yillarda viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan. 

Zulayho Mahkamova 2018 yil 24 apreldan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan va 2020 yil 4 martdan boshlab To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasiga o‘tgan. U O‘zbekistondagi beshinchi ayol hokim hisoblanadi. 

2022 yil 1 martdan 2026 yil 10 iyul sanasiga qadar qayta tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida ishlab keldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing