Bosh vazir kutilmaganda Xorazmga bordi
Jamiyat
−
27 iyul 2019
7179Avvalroq, Urganch shahrida uyi buzilib, kompensatsiya to‘lanmagan fuqarolar norozilik bildirib, Honqa tumaniga olib boradigan yo‘lni to‘sib qo‘ygani haqida xabar bergan edik.
QALAMPIR.UZ manbasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Urganch shahri "Ashxobod" mahallasida istiqomat qilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasida kelib chiqqan tushunmovchilikni joyiga chiqib o‘rganish, tahlil qilish va ijobiy hal etish uchun Bosh vazir Abdulla Aripovga topshiriq bergan.
Shunga muvofiq Bosh vazir Angrendan Xorazmga yetib borgan. Chondirqiyot qishlog‘i hududiga ko‘chirib yuborilgan odamlar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashgan.
Ayni paytda aholiga kompensatsiya pullari o‘sha yerning o‘zida to‘lab berilmoqda.
Ma’lum qilishlaricha, hukumat umuman joylarda obodonlashtirish ishlari, jumladan, buzilishlar yuzasidan bir guruh deputatlar tomonidan yuborilgan so‘rovni o‘rganib chiqmoqda, qonunchilikda belgilangan tartibda deputalarga va jamoatchilikka bu haqda qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
LiveBarchasi