Fransiyada bir yarim tonnaga yaqin kokain ushlab qolindi

Olam

image

Fransiyada politsiyachilar Gavr shahri portidan 1,4 tonna kokainni topishdi. Bu haqda “Le Parisien” gazetasi xabar bermoqda.

"Gavr portida politsiyachilar 15 ta sport sumkasiga solingan 1,4 tonna kokainni konteynerdan topib oldi", deb yozadi gazeta.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari giyohvand moddalarning taxminiy narxini 74 million yevroga baholagan.

Amaliyot davomida uch kishi, shu jumladan, portning dokida ishlovchi bir odam hibsga olingan. Ulardan ikki nafari mayda giyohvand moddalar savdosida gumon qilinib, politsiya nazorati ostidagi shaxslar bo‘lgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya

Baholaganlar

52

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing