Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi

Jamiyat

image

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga yetib keldi.

Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kutib oldi.

Ma’lumot uchun, Prezident Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi 29 may kuniga qadar davom etadi.

Martabali mehmonning tashrifi yakunida iqtisodiyot, moliya, ta’lim va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Germaniya Prezidenti tashrif doirasida Xorazm viloyatiga tashrif buyurib, Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Germaniya Frank-Val'ter Shtaynmayer

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing