Bosh vazir qabulxonalari qachon ishga tushishi ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
18 may 2019
4006Xalqaro press-klub sessiyasida Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri Akmalxon Ortiqovning aytishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari o‘z faoliyatini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlardagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi.
Bu qabulxonalar joriy yil 1 iyundan ish boshlashi kutilmoqda. 15 iyundan esa elektron baza ishga tushiriladi. Har bir masala 2 kunda, agar mazmun jihatdan ko‘rib chiqilishi talab etilsa 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, Bosh vazir chet ellik investorlarni shaxsan qabul qiladi.
Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalarida tadbirkorlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqiladi.
LiveBarchasi