Bosh vazir ish kunini haftasiga 4 kun etib belgilashni taklif qildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Hukumat raisi Dmitriy Medvedev Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etib nutq so‘zladi. Bosh vazirga ko‘ra, kelgusida ish kuni haftasiga to‘rt kun etib belgilanishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda. 

“Texnologik jarayon nafaqat ish o‘rinlarni, balki ish vaqtini ham qisqartirishga, ko‘proq dam olishga olib kelmoqda. Balki, kelajakda to‘rt kunlik ish haftasi ijtimoiy-mehnat shartnomasining asosi bo‘lar”, deydi Medvedev.

Medvedev so‘zida davom etarkan, uni asoslash uchun bundan bir asr avval Genri Ford ish haftasini 48 soatdan 40 soatga qisqartirishga qaror qilgani va bu mehnat unumdorligining sezilarli darajada ko‘payishiga olib kelganini aytdi. Bosh vazir yana shuni ham qo‘shimcha qilgan:

“Yangi Zelandiyada kompaniya o‘z xodimlari uchun to‘rt kunlik ish hafta va uch kun to‘lanadigan dam olish kunlari tartibini joriy etdi. Natijada ishlab chiqarish samaradorligi bir soat vaqtga hisoblanganda 20 foizga ko‘paydi, xodimlarning stress darajasi ancha kamaydi”.

Bosh vazirning o‘rinbosari Tatyana Golikova Hukumat raisining aytganlariga izoh berdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tish mehnat qonunchiligida jiddiy o‘zgartirish kiritish talab qiladi. Shuningdek, ijtimoiy kafolat masalasini tahlil qilish kerak.
 


Maqola muallifi

Teglar

Dmitriy Medvedev

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing