Bosh vazir Aripov “Bavariya” muxlisi ekani ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 noyabr 2021
5388Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Germaniyada bo‘lib turibdi.
Kecha, 11 noyabr kuni Germaniyaning Bavariya federal o‘lkasi Bosh vaziri Markus Zyoder Instagram sahifasiga O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda Myunxenning “Bavariya” futbol klubi libosini ushlab turgani aks etgan suratni joylashtirdi.
“Markaziy Osiyodan Bavariyaga xalqaro tashrif: O‘zbekiston Bosh vaziri va “Bavariya” jamoasi muxlisi hisoblangan Abdulla Aripov bilan suhbat. Bavariya aloqalarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan. O‘zbekiston ishonchli xalqaro hamkordir. Ushbu mamlakat Afg‘onistondan aholini evakuatsiya qilish paytida Bundesverni qo‘llab-quvvatladi”, deya yozib qoldirgan Zyoder.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonda "Tolibon" harakati hokimiyat tepasiga kelgach, Germaniya mamlakatdagi fuqarolarini va o‘ziga yordam bergan afg‘onlarni evakuatsiya qildi. Bunda rasmiy Toshkent o‘z aeroportidan tranzit hudud sifatida foydalanishga ruxsut berdi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15