Bosh prokuror O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli haqida gapirdi
Jamiyat
−
05 fevral 2020
11107O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev mamlakatda korrupsiyaga qarshi so‘nngi vaqtlarda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, oxirgi uch yilda davlat xizmatchilarining ish haqi o‘rtacha qariyb 60 foizga, ayrim sohalarda esa, bir necha barobarga oshirilgan.
“Soliq tizimini yanada takomillashtirish, iqtisodiyotda xufiyona aylanmani qisqartirish maqsadida joriy yilda yangi tahrirdagi Soliq kodeksi amalga kiritildi. Unga muvofiq, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar joriy etildi”, deydi Bosh prokuror.
“2019 yil 9 dekabrda “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, joriy yildan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 11 turdagi vakolati tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazildi. Shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 5 turdagi vakolati chiqarib tashlandi”, deydi u.
Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiya omillarini keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf qilishga qaratilgan 30 ga yaqin qonun, 100 ga yaqin Prezident va Hukumat qarorlari qabul qilingan.
Bosh prokurorning keltirishicha, 2017–2019 yillar davomida 6.127 nafar mansabdor shaxsning jinoiy javobgarlik masalasi hal qilinganligi ham korrupsiyaga qarshi kurashish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermasligini ko‘rsatmoqda.
LiveBarchasi