Bosh prokuror bir kunda 125 fuqaroning arzini tingladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi binosida Bosh prokuror, Oliy sud raisi, Ichki ishlar vaziri, Adliya vaziri, Soliq qo‘mitasi raisi, Prezident maslahatchisi va uning birinchi o‘rinbosari hamda Toshkent shahar sektorlari rahbarlari tomonidan ommaviy (sayyor) qabullar tashkil etildi.

Bosh prokuratura tarqatgan xabarga ko‘ra, qabullar davomida Bosh prokuror 125 fuqaroni qabul qilib, ularning murojaatini tinglagan.

Qayd etilishicha, murojaatlarning 74 tasi sud masalalari, 15 tasi prokuratura ish yurituviga, 10 tasi ichki ishlar faoliyati, 10 tasi majburiy ijro masalasi, 3 tasi bank masalasi, 2 tasi ish bilan ta’minlash, 2 tasi qurilish va 9 tasi boshqa masalalarga taalluqlidir.

Qabulda kelib tushgan murojaatlar yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha 4 ta sud qaroriga nisbatan protest keltirilgan, 2 fuqaroga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot choralari o‘zgartirilgan, 1 nafar uy-joyi buzilgan fuqaroga kompensatsiya to‘lab berilishi, shuningdek 5 nafar shaxsning ishga joylashtirilishi ta’minlangan.

Umuman, ommaviy qabul jarayonida 21 nafar shaxsning murojaati qanoatlantirilib, qolgan 104 tasi shaxsan Bosh prokuror nazoratiga olingan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuror Otabek Murodov ommaviy qabul sayyor qabul

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing