Bosh prokuratura uyini dollarda sotgan fuqaroning qo‘lga olingani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlar va ba’zi OAVda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 2 xonali uyni 25 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan fuqarolar qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura MMatbuot xizmati uy savdosi vaqtida fuqarolar R.T. hamda N.L.ning qo‘lga olinishi haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan bunday tadbir o‘tkazilmagan va o‘z-o‘zidan fuqarolar R.T. hamda N.L.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177 va 189-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan.

“Shunga ko‘ra, jamoatchilik orasida turli noto‘g‘ri talqin va taxminlar tarqalishining oldini olish maqsadida, ommaviy axborot vositalaridan prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor yoki tergov tadbirlarini yoritishda faqat Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanishni qat’iy so‘rab qolamiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

198

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing