Bosh prokuratura o‘lmadi degan ayol hozir morgdaligi aytilmoqda
3-sahifa
−
08 Oktabr
27424Ijtimoiy tarmoqlarda 38 yosh atrofidagi ayol bojxona tekshiruvini kutayotgan vaqtida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura izoh berib, ayolning o‘lmagani, u hozirda shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 7 oktyabr kuni 1986 yilda tug‘ilgan ayol Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan va bojxona tekshiruvida ushlanib qolgan. Oqibatda uning sog‘lig‘i yomonlashgan.
"Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda", deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
QALAMPIR.UZ jurnalisti ayolning oila a’zolari bilan bog‘landi. Ular yuqoridagi gaplarning aksini aytmoqda. Xususan, ularning bizga ma’lum qilishicha, hozirda shifoxonadaligi aytilayotgan ayol yo‘lda vafot etgan.
“Jiyanim savdo-sotiq maqsadida Dubayga borgandi. Qaytayotganda bojxona nazoratidan o‘tishda tobi qochgan. Nega unday bo‘lgani haqida hozircha ma’lumotim yo‘q. Aeroportga tez yordam chaqirilgan, shifoxonaga kelgunicha joni uzilgan. Uning oila a’zolari shifoxonaga borishsa, allaqachon jiyanimning joni uzilgan bo‘lgan. Keyin uni qidirdik va “ToshMI”dagi o‘likxonadan topdik. U yerga jiyanim soat 10:00 larda olib borilgan”, deydi marhumaning qarindoshi.
LiveBarchasi