Samarqanddagi ommaviy zaharlanish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Samarqand viloyatida 26 kishi ovqatdan zaharlangani haqida xabar bergan edik. 

Mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan o‘rganish olib borildi. 

O‘zbekiston Rekspublikasi Bosh prokuraturasiga  ko‘ra,  bugun, 9 oktyabr kuni soat 09:30da Samarqand shahar DSENM tomonidan berilgan qo‘shimcha xabarga ko‘ra, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga jami 25 nafar fuqarolar "Ovqatdan zaxarlanish toksikoinfeksiyasi yengil-o‘rta darajasi" tashxisi bilan yotqizilgan.

Ushbu fuqarolar "xot-dog" mahsulotlarini xarid qilib, ist’emol qilganliklari natijasida sog‘lig‘i yomonlashib, shifoxonaga murojaat qilishgani haqida haqida xabar berilgan.

Holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan JK 257-1-moddasi 1-qismi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi tergov harakatlarini olib borishlik uchun shahar Ichki ishlar organlari faolityatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Samarqanddagi

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing