Bosh prokuratura: OTMga kiritib qo‘yishni va’da qilgan talaba qo‘lga olindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filialiga pul evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytgan. Bu xizmati evaziga undan 4000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Bosh prokuratura Nukus

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing