Belgiyada 3 million dona niqob yaroqsiz chiqdi – COVID-19 yangiliklarining qisqa dayjesti
Olam
−
10 aprel 2020
5082Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni bugunga kelib 1 601 018 nafarni tashkil etmoqda. Hozirga qadar 95 718 bemor vafot etdi. Infeksiyadan 354 972 kishi shifo topib, tuzalib ketdi.
O‘zbekistonda ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar soni 582 nafarga yetdi. Bugungacha ularning 38 nafari davolandi va 3 nafari vafot etdi.
Qozog‘istonda bugun, 10 aprel kuni infeksiyadan zararlanganlar soni 21 nafarga oshib, umumiy hisobda 802 bemorni tashkil etmoqda. Bugungi kasallanganlar mamlakatning 8 ta hududida qayd etilgan. Koronavirusdan 9 kishi vafot etgan bo‘lsa, 60 bemor undan shifo topgan.
Rossiya poytaxti Moskva shahrida 12 bemor virus sababli olamdan o‘tdi. Ularning ichidan 3 nafari 40 yoshdan kichik bemorlar bo‘lgani aytilmoqda. Ayni paytda poytaxt Moskva shahrida COVID-19 ga chalindi. Ulardan 313 kishi sog‘aygan bo‘lsa, 38 nafari vafot etdi. Rossiyada koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 10 131 nafarni tashkil etmoqda.
Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti Siril Ramafosa umumxalq karantin rejimini ikki haftaga uzaytirdi. Mamlakatda ilk karantin 23 mart kuni e’lon qilingan edi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, aholiga ijtimoiy yordam uchun 1,2 milliard rend (82 million dollar) ajratiladi.
Belgiya sog‘liqni saqlash vazirligi bilan buyurtma qilingan 3 million dona tibbiy niqob yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Ular infeksiyadan yetarli darajada himoya qila olmasligi aytilgan. Gap shifoxonalarda ishlatiladigan FFP2 niqoblari haqida bormoqda.
Dunyoning boshqa mamlakatlarida quyidagi holat kuzatilmoqda: AQSHda koronavirusdan zararlanganlar miqdori 450 ming nafardan oshdi. Undan vafot etganlar soni esa deyarli 16 ming nafarni tashkil etmoqda. Janubiy Koreyada so‘nggi 24 soat ichida 27 odam virus yuqtirib oldi. Isroilda esa infeksiya oqibatida vafot etayotganlar soni oshib, 86 nafarga yetdi. Kubada esa bu ko‘rsatkich 15 nafarni qayd etmoqda.
LiveBarchasi