Bosh prokuratura mas’uli Madaniy meros agentligiga direktor bo‘ldi
Madaniyat-san’at
−
02 iyun 2022
6184Bugun, 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Bahodir Ganjiyevich Abdikarimov Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori etib tayinlandi.
Bahodir Abdikarimov bunga qadar Bosh prokuratura bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Madaniy meros agentligi direktori lavozimida ishlagan Shaxriyor Nurulloyev joriy yilning 29 may kuni lavozimidan ozod qilingandi.
Ma’lumot uchun, Madaniy meros agentligi o‘z tizimida moddiy madaniy meros obektlarini muhofaza qilish, muzeylar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish, arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, muhofaza qilish va ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish kabi vazifalarni amalga oshiradi.