Bosh prokuratura xodimi 33 yoshida vafot etdi
Jamiyat
−
27 aprel 2021
28075O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 33 yoshida vafot etdi.
Samir Rahmonovning o‘limiga yurak xuruji sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Mehnat faoliyatini Bosh prokuratura huzuridagi departamentda boshlagan Samir Rahmonov keyingi yillarda mahkama matbuot xizmati mas’ul vakili sifatida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan samimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘ygandi.
LiveBarchasi