Bosh prokuratura karantin davrida o‘tkazilgan to‘y bo‘yicha ma’lumot berdi
Jamiyat
−
31 mart 2020
12291Avvalroq, Toshkent shahar Yunusobod tumanida fuqaro taqiqqa qaramay to‘y o‘tkazgani haqida xabar bergan edik. To‘y IIB xodimlari tomonidan to‘xtatilib, to‘y egasi bo‘linmaga olib ketilgandi. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi mazkur to‘y tashkilotchilariga ko‘rilayotgan chora yuzasidan ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 28 mart kuni Yunusobod tumani, Markaz-4 mavzesida fuqaro A.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 176-sonli qarorida ko‘rsatilgan talablarni buzib, IIB hudud profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramasdan, qizining nikoh to‘yi munosabati bilan kuyovi va uning o‘rtoqlari ishtirokida “kuyov navkar” to‘y marosimini o‘tkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi