Bosh prokuratura: “Karantin qoidalarini buzish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi”

Jamiyat

image

Dunyo hamjamiyatida koronavirus kasalligi bo‘yicha vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekistonda ham ba’zi karantin va cheklov tabdirlari o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ushbu vaziyatda karantin va cheklov tadbirlarini buzganlik va kasallik o‘chog‘iga borganlik hamda bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlik haqidagi ma’lumotlarni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 257-1-moddasida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, yani 54-moddasida qayd etilgan huquqbuzarlikni sodir etganlik holati bo‘yicha — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

223

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing