Bosh prokuratura: AT “Xalq banki” filialida 147 mln so‘m noqonuniy kredit ajratilgan

Jamiyat

image

Qashqadaryoda davlat dasturi doirasida ajratilgan kreditlarning maqsadsiz sarflab yuborilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kitob tuman bo‘limi xodimlari tomonidan “Har bir oila-tadbirkor” davlat dasturi bo‘yicha fuqarolarga “Issiqxona” qurish uchun ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan monitoring o‘tkazilgan. Natijada tumanda tuzilgan ishchi guruh va bank xodimlari tomonidan kredit olish uchun murojaat qilgan fuqarolarning ehtiyojmandligi joyiga chiqib o‘rganilmasdan va kredit ajratilishiga oid hujjatlarning haqqoniyligi tekshirilmasdan kreditlar ajratilishi oqibatida, issiqxona qurish uchun AT “Xalq banki” Kitob filialidan 11 nafar fuqarolarga 147 mln so‘m kredit mablag‘lari noqonuniy ajratilib, kreditlarning maqsadsiz sarflanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan AT “Xalq banki” Kitob filiali mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura kredit Kitob tumani

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing