Bosh og‘rig‘iga chidab yurish zararlimi?

Salomatlik

image

Yengil bosh og‘rig‘ini ham og‘riq qoldiruvchi dori yordamida zudlik bilan bostirish kerak, chunki og‘riqning oqibatlarini taxmin qilish qiyin. Bu haqda nevropatolog Pavel Brand ma’lum qildi.

Shifokorga ko‘ra, doimiy og‘riq mutaxassisga murojaat qilish uchun yetarli sababdir.

“Agar siz og‘riq qoldiruvchi vositalarni ketma-ket uch kundan beri qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu allaqachon, vaziyat yaxshi emasligidan darak beradi. Agar siz oyiga 15 kundan ortiq og‘riq qoldiruvchi iste’mol qilayotgan bo‘lsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishingiz kerak. Yaxshisi, surunkali bosh og‘rig‘ini orttirib olgunga qadar, uni davolash kerak”, deydi nevropatolog.

Nevropatolog Brandning ta’kidlashicha, shuni esda tutish kerakki, bosh og‘rig‘iga qarshi universal dori yo‘q.

“Agar boshingiz vaqti-vaqti bilan og‘risa, oddiy og‘riq qoldiruvchidan foydalanishingiz mumkin. Agar tez-tez bunday dori-vostalarini iste’mol qilishga majbur bo‘lsangiz, mutaxassis bilan maslahatlashib, o‘zingiz uchun maxsus preparatni olganingiz ma’qul. Bundan tashqari, ba’zida noto‘g‘ri iste’mol qilingan dori yallig‘lanishni keltirib chiqaradi”, deya ogohlantirdi shifokor.

Xulosa o‘rnida, mutaxassis og‘riq yoki dori haqida gap ketganda, organizmdan  tajriba quyonchasi sifatida foydalanmaslikka chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

dori bosh og'rig'i

Baholaganlar

317

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing