Bosfordan topilgan ob’ekt mina bo‘lib chiqdi

Olam

image

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bugun, 26 mart kuni Bosfor bo‘g‘ozida topilgan ob’ekt eski uslubdagi mina ekanligini tasdiqladi. Bu haqda u TRT telekanaliga bergan intervyusida gapirgan. 

“O‘rganishlar natijasida bu eski uslubdagi mina ekanligi aniqlandi, u bizning suv osti mudofaa guruhimiz tomonidan zararsizlantirildi. Bu borada Rossiya va Ukraina rasmiylari bilan muzokaralar davom etmoqda”, deydi u. 

Akarning so‘zlariga ko‘ra, voqeadan keyin kemalarning Bosfor bo‘g‘ozi orqali harakatlanishida hech qanday muammo yo‘q. 

“Xavfsiz navigatsiyani ta’minlash uchun qirg‘oq qo‘riqlash va boshqa idoralar, xususan, dengiz kuchlarimiz bilan zarur muvofiqlashtirish ishlari amalga oshirildi. [Bosfor bo‘g‘ozi orqali] harakat xavfsiz”, deya qo‘shimcha qildi u. 

Avvalroq Do‘g‘an agentligi baliqchilar tomonidan minaga o‘xshash ob’ekt topilgani haqida xabar bergan edi. Keyinroq Turkiya Mudofaa vazirligi uni zararsizlantirish haqida bayonot berdi. Bosfor bo‘ylab kemalarning harakati to‘xtatildi va qayta tiklandi. 

Ayni paytda, 19 mart kuni FSBning Jamoatchilik bilan aloqalar markazi Ukraina harbiy-dengiz kuchlari tomonidan Qora dengizdagi portlarga yaqinlashishda o‘rnatilgan minalar kabel uzilishi tufayli Bosfor va O‘rta yer dengizi tomon siljishi mumkinligi haqida xabar berdi.  FSB Ukraina Qurolli Kuchlarini “yana bir bor xalqaro huquq me’yorlarini mensimaslik va insonlar, shu jumladan Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari hayotiga e’tibor bermasligikda aybladi.  


Maqola muallifi

Teglar

Bosfor Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

338

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing