“Borussiya” afsonasi Turkiya klubi safiga qo‘shilishi mumkin

Sport

image

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Marko Roys faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda  “Sporx” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Istanbulning “Beshiktosh” klubi 31 may kuni 35 yoshga to‘ladigan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirmoqda. Klub Roysni olib kelish bo‘yicha aloqalarni aprel oyida boshlagan va “burgutlar” hozirda muzokaralarni kuchaytirgan.

“Beshiktosh” nemis futbolchisi transferi yo‘lida jiddiy raqobatga duch keladi, chunki yarim himoyachi xizmatlariga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda. Roysning o‘zi kamida yana bir yil yuqori saviyada o‘ynay olishiga ishonmoqda.

Qayd etish joiz, Dortmund klubi afsonasi yozda “Signal Iduna Park”ni erkin agent sifatida tark etadi, chunki tomonlar yarim himoyachining 30 iyunda tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Borussiya Marko Roys Beshiktosh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made