Bortida 200 kishi bo‘lgan kema yonib ketdi. Qurbonlar bor

Olam

image
0:00
0:00
download

Filippin janubidagi Basilan oroli qirg‘oqlari yaqinida kemada yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda ABS-SBN xabar berdi.

Yong‘in kecha, 29 mart kuni kechqurun boshlangan, o‘sha paytda Lady Mary Joy kemasi bortida 200 ga yaqin odam bo‘lgan.

Ularning 12 nafari halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan, yetti kishi bedarak yo‘qolgan. Orol gubernatori Hajiman Hataman Sallimanning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor.

Yong‘inni kelib chiqish sabablari hali aniqlanmagan. Yo‘lovchilarning aksariyati allaqachon evakuatsiya qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in qurbonlar Filippin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing