Bortida haddan tashqari ko‘p yo‘lovchi bo‘lgan samolyot ucha olmadi

Olam

image

Britaniyaning Easy Jet layneri ortiqcha yuk tufayli havoga ko‘tarila olmadi. Muammoni hal qilish uchun samolyot komandiri yo‘lovchilarning bir qismidan o‘z ixtiyori bilan reysni tark etishni so‘radi. Bu haqda YEP nashri xabar berdi.

Barcha yo‘lovchilar o‘z joylarini egallab bo‘lgach, uchuvchi to‘satdan samolyot juda og‘ir ekani va noqulay ob-havo sharoiti hamda qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagi tufayli ucha olmasligini e’lon qilgan.

“Iloji bo‘lsa, men 20 nafar ko‘ngillidan bugun kechqurun Liverpulga uchmaslikni ma’qul ko‘rishlarini so‘rayman”, degan ekipaj boshlig‘i.

Muammo aviakompaniya rahbariyati bilan muhokama qilingan va bortni o‘z ixtiyori bilan tark etgan har bir kishi keyingi reysga chiptani qo‘shimcha to‘lovlarsiz o‘zgartirishi, shuningdek, 500 yevro tovon puli olishi haqida ogohlantirilgan. Natijada 19 kishi keyinroq parvoz qilishga rozi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Easy Jet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing