Borrel kutilmaganda Odessaga bordi
Olam
−
30 Sentabr 2023 6948 1 daqiqa
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar xizmati rahbari Josep Borrel Ukrainaning Odessa shahriga e’lon qilinmagan tashrif bilan bordi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.
X (sobiq Twitter)i jtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifada e’lon qilingan videoda Borrel shahardagi Spaso-Preobrajenskiy sobori fonida bayonot berganini ko‘rish mumkin. Video ostida qoldirilgan izohda Odessa ajoyib tarixiy shahar ekani va Yevropa Ittifoqi u yerda harbiy harakatlar tufayli vayron bo‘lgan ob’ektlarni tiklashni qo‘llab-quvvatlashi yozilgan.
Sobor fonida gapirgan Yevropa diplomatiyasi rahbari bugun, 30 sentyabr kuni Donetsk, Lugansk, Zaporoje va Xersonning Rossiya tomonidan noqonuniy anneksiya qilinganiga roppa-rosa bir yil to‘lganini aytgan. Borrelning qo‘shimcha qilishicha, uning Odessaga tashrifi Yevropa Ittifoqining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini yana bir bor namoyish etishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 iyul kuni UNESCO Jahon merosi ob’ektlari, jumladan Spaso-Preobrajenskiy sobori (Odessadagi birinchi pravoslav cherkovi, 1794 yilda qurilgan) janglar oqibatida zarar ko‘rganini e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi esa Spaso-Preobrajenskiy cherkovining yo‘q qilinishiga Ukraina havo hujumidan mudofaa raketasining qulashi sabab bo‘lganini da’vo qildi.
Live
Barchasi