Boris Jonson o‘g‘liga uni koronavirusdan davolagan shifokorlar ismini qo‘ydi
Olam
−
02 may 2020
5302Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson yangi tug‘ilgan o‘g‘liga uni koronavirusdan davolagan shifokorlar ismini qo‘ydi. Bu haqda bugun, 2 may kuni Britaniyaning “Mirror“ nashri xabar berdi.
Bosh vazir yangi tug‘ilgan o‘g‘ilni Uilfred Lori Nikolay Jonson deb nomladi. Bosh vazirning rafiqasi Simonds yangi tug‘ilgan chaqaloqning ismini qanday tanlashganini tushuntirdi. Uilfred ismiga bolaga Bosh vazirning bobosi sharafiga, Lori ismi katta bobosining sharafiga berilgan va Nikolay ismini shifoxonada bosh vazir hayotini saqlab qolgan ikki shifokor sharafiga berilgan.
“Bizga juda ko‘p g‘amxo‘rlik qilgani uchun Milliy sog‘liqni saqlash xizmatidagi ajoyib jamoaga rahmat. Men hech o‘zimni bundan baxtliroq his qilmaganman. Mening yuragim baxtga to‘ldi“, deb yozdi Simonds Instagram'dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Uilfred Jonson 29 aprel kuni ertalab dunyoga keldi.