“Borib daraxtga o‘zingizni bog‘lang” – jurnalist partiya vakilini “tuzladi”

Jamiyat

Bugun, 16 dekabr kuni “Demokratik debat”ning navbatdagi sonida jurnalist Ekologiya partiyasi vakiliga o‘zlarini daraxtga bog‘lashni taklif qildi.

Jurnalist Malohat Yo‘ldosheva O‘zbekistonda Prezident qarori bilan daraxtlarni kesishga moratoriy joriy qilinganini aytib, yashillikni asrash uchun Ekopartiyaga o‘zini daraxtga bog‘lashni taklif qildi.

“Butundunyo rivojlangan davlatlari tajribasida agar birorta daraxt kesiladigan bo‘lsa, “Yashillar” partiyasi vakillari o‘sha kesiladigan daraxtga o‘zini bog‘lab olib, “meni ham qo‘shib kes”, deydi.

Ekopartiyani tashkil topganiga 11 oy bo‘ldi. Saylov kampaniyasi e’lon qilinganiga 85 kun bo‘ldi. 5 kun vaqtinglar qoldi. Shuncha paytdan beri ko‘plab daraxt kesilyapti. Lekin birorta partiya vakili chiqib, shu kesiladigan daraxt uchun men turib beraman deganini ko‘rsatmadi.

Men bugun Ekologik partiyaga hammaning oldida mana shu arqonni beraman. Mana shu arqon bilan respublikada kesilayotgan har bir daraxtga Ekologiya partiyasi a’zosi o‘zini bog‘lasin”, deb Ekopartiyaga taklif bildirdi jurnalist.

Bugungi kunda 350 ming a’zosi bor Ekolgiya partiyasi vakili Kamol Jumaniyozov O‘zbekistondagi vaziyat o‘zini daraxtga bog‘lashgacha yetib borganini tan oldi. 

“Tan olish kerak, haqiqatda bog‘laydigan vaziyat. Kerak bo‘lsa, 350 ming nafar emas, 33 million odam bog‘laydigan vaziyat. Bugun tabiatga hech kim befarqmas. Bunga kuchimiz ham, qudratimiz ham yetadi”, deydi Jumaniyozov.

Eslatib o‘tamiz, 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan daraxtlarni kesishga 2 oy muddatga moratoriy belgilangandi.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt Ekologik partiya debat

Baholaganlar

293

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing