Boltiqbo‘yida NATOning yirik dengiz kuchlari mashqlarni boshladi
Olam
−
06 iyun 2021
5138Bugun, 6 iyun kuni Boltiq dengizida NATOning yirik dengiz harbiy mashqlari boshlandi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi xabar bermoqda.
Ularda 16 ta NATOga a’zo davlat, shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiya ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar 18 iyungacha davom etadi. Mashqlarga jami 40 ta kema, 60 ta samolyot va vertolyot hamda jami 4 ming harbiy xizmatchi jalb qilingan.
Mashg‘ulotlar davomida dengiz osti kemalariga qarshi kurash, havo hujumidan mudofaa va minalar bilan kurash operatsiyalari o‘tkaziladi.
AQSH harbiy-dengiz kuchlarining manevralari va 6-operatsion floti qo‘mondoni, Vitse-admiral Jan Blek bu yil ittifoqning asosini tashkil etuvchi Baltops mashg‘ulotining 50 yilligi nishonlanishini aytib o‘tdi.
Qayd etilishicha, mashq ikki bosqichga bo‘linadi. Dastlabki olti kun ichida kemalar, samolyotlar va vertolyotlar Daniya bo‘g‘ozlarida o‘zlarining missiyalarini bajaradi, dengiz harakatiga kirish va erkin harakatlanishni ta’minlashda qatnashadi. Keyinchalik mashqlar Boltiqning sharqiga qarab harakatlanadi.
Ma’lumot uchun, Baltops mashqlari Boltiq dengizi mintaqasida 1972 yildan beri muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.