Bolta bilan qurollangan erkak 4 nafar bog‘cha bolasini o‘ldirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

5 aprel kuni Braziliya janubidagi Santa-Katerina shtatida kichik bolta bilan qurollangan erkak 4 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini o‘ldirdi. Bu haqda "Reuters" xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolta ko‘targan 25 yoshli erkak bog‘chaga hujum qilishi oqibatida 4 nafar tarbiyalanuvchi halok bo‘lgan, yana 4 nafari jarohat olgan. 

Politsiyaning ma’lum qilishicha, hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan.

Mamlakat Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva ham voqeaga e’tibor qaratib, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirgan. U, shuningdek, o‘zining Twitter sahifasida bunday holatlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyida Xitoyning sharqiy provinsiyalaridan birida bolalar bog‘chasiga qilingan qurolli hujum oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 6 kishi esa jarohat olgan edi.

Nodirjon Madaminov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Braziliya bog'cha tarbiyalanuvchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing