Xususiy bog‘chaga qurolli hujum uyushtirildi. Qurbonlar bor

Olam

image

Xitoyning sharqiy Szyansi provinsiyasida bolalar bog‘chasida bir erkakning qurolli hujumi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi yaralandi. Bu haqda voqea sodir bo‘lgan Anfu okrugi jamoat xavfsizligi byurosi WeChat sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hujum bugun, 3 avgust kunining birinchi yarmida xususiy bog‘chalardan birida sodir bo‘lgan.

“Kepka va niqob kiygan qurolli bosqinchi Anfu okrugidagi xususiy bolalar bog‘chasiga bostirib kirib, odamlarga hujum qildi, oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi”, deyiladi xabarda. 

Politsiyaning qisqacha hisobotida erkak jinoyatni amalga oshirishda qanday quroldan foydalanganligi haqida aniq ma’lumot berilmagan.

Uning motivlari haqida ham ma’lumot yo‘q. Hujumni Lyu ismli 48 yoshli mahalliy fuqaro amalga oshirgani ma’lum. Hozirda politsiya jinoyatchini qidirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing