Bolgariyada Qirg‘izistondan olib borilgan yuk ichidan 400 kg geroin topildi
Olam
−
13 avgust
3343Bolgariya hukumati Qora dengizdagi Burgas portida qariyb 436 kilogramm geroinni musodara qildi. Bu haqda mahalliy tuman prokuraturasiga tayangan holda “Associated Press” xabar berdi.
Geroin tirkamada rasman deklaratsiya qilingan yuk ichiga yashirilgan 434 ta o‘ramda saqlangan. Giyohvand moddalarni tashish qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Treyler (transport) iyul oyi oxirida Qirg‘izistondan Gruziyaning Qora dengizdagi Batumi portiga quruqlikdagi yo‘ldan yetib kelgan va u yerdan Burgasga o‘tgan.
Giyohvand moddalarga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Ivan Sokolovning aytishicha, kabel yotqizish moslamalarini olib ketayotgani taxmin qilingan treylerning portda g‘ayrioddiy uzoq bo‘lgani shubha uyg‘otgan va u rentgen tekshiruvidan o‘tkazilganda yashirilgan geroin aniqlangan.
“Hozircha hech qanday hibsga olinganlar va ushbu transchegaraviy jinoyatga aloqador shaxslar topilmadi”, deydi tuman prokurori Georgiy Chinev.
Ma’lumot uchun, Bolgariyada giyohvand moddalar savdosida aybli deb topilganlar 20 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinadi.
LiveBarchasi