Bolasini muntazam kaltaklagan o‘gay ona jazolandi (video)

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bolasini muntazam kaltaklab, ruhiy zo‘ravonlik qilgan o‘gay ona jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Bildirilishicha, Toshkent viloyatining Zangiota tumanida istiqomat qiluvchi 13 yoshli S.R  ismli qizga o‘gay onasi tomonidan 2023 yil davomida muntazam ravishda jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik qilib kelingan. Shuningdek, ayol qizni kuchli qo‘rquv hosil qilish yo‘li orqali o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib, tanasining turli qismlariga tan jarohati yetkazgan.

“Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va dastlabki tergov olib borildi. Joriy yilning 5 iyun kuni Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida mazkur jinoyat ishi yuzasidan chiqarilgan hukmga binoan, Sh.S. Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (Qiynash) va 112-moddasi 3-qismi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bilan aybdor deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi va mazkur jazo bilan bog‘liq tegishli cheklovlar o‘rnatildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda bolalarini kaltaklagan ayol jarimaga tortilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'gay ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar