Bolali ayolni tepgan PPX xodimi ishdan olindi

Jamiyat

image

Avvalroq Farg‘onada Post-patrul xizmati xodimi bola ko‘targan ayolni tepkilab, xizmat mashinasida majburan olib ketgani haqida xabar bergan edik. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, kecha, 18 sentyabr kuni Post-patrul xizmati xodimlari Farg‘ona shahar Islom Karimov hamda Quvasoy ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotgan vaqtda, tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan ayoldan yo‘lning qatnov qismidan chetga chiqishi so‘ralgan.

Bundan ayolning jahli chiqib, xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan. Ayolni IIBga olib ketmoqchi bo‘lishganda u qo‘lidagi bolasini yerga tashlab yubormoqchi bo‘lgan payt xodimlar tomonidan ushlab qolingan. 

“Ammo xodimning keyingi hatti-harakatlari jamoatchilikning haqli e’tiroziga sabab bo‘ldi”, deyiladi IIB munosabatida.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, kasb odobi va etikasiga amal qilmay, noo‘rin harakatlar sodir qilgan PPX xodimi egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan.

Shuningdek, viloyat IIB barcha shaxsiy tarkibi yuqoridagi kabi xarakatlarni sodir etmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Farg'ona Post-patrul' xizmati xodimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing