Bolalarning zaharlanishi ortidan bir MTT faoliyati vaqtincha to‘xtatildi – MTV
Jamiyat
−
15 Oktabr 2019
4519Avvalroq, Samarqandda birdaniga 3 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari zaharlangani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jinoiy ish ochilganini ma’lum qilgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Samarqanddagi MTTlarda bolalarning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganib chiqdi va xulosalarini ochiqladi.
“Maktabgacha ta’lim vazirligining ishchi guruhi Samarqand shahridagi 80, 98, 106-sonli MTT o‘quvchilarining zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgandi.
Jami 31 nafar tarbilanuvchi 2019 yil 10-11 oktyabr kunlari shifoxonaga yotqizilgan. Ayni paytda bolalarning ahvoli qoniqarli, 25 kishi shifoxonadan chiqarildi.
Zaharlanishning sabablari Davlat sanitariya-yepidemiologiya nazorati markazi tomonidan bolalarning tahlillari, shuningdek, MTTdan olingan mahsulotlar, oshxona anjomlari, xodimlarning qo‘llari va kiyim-kechaklari namunasining tahlili asosida aniqlanadi.
MTV 80, 98, 106-sonli MTTlardagi sharoitni o‘rgandi. Ushbu bog‘chalarda ovqatlanish autsorsing usulida yo‘lga qo‘yilgan. Bolalar salomatligiga zarar etkazadigan qo‘pol qoidabuzarliklar aniqlanmadi.
106-sonli MTT
Bolalar soni: 9 oktyabr - 285, 10 oktyabr - 257 nafar.
Zaharlangan bolalar soni: 7 nafar.
MTTda markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, qozonxona ishlaydi. Barcha xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Mahsulotlar sanitariya qoidalariga muvofiq muzlatgichlarda saqlanadi, kunlik namunalar olinadi.
98-sonli MTT
Bolalar soni: 9 oktyabr - 484, 10 oktyabr - 458 o‘quvchi.
Zaharlangan bolalar soni: 20 nafar.
MTTda markazlashgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, qozonxona ishlaydi. Ishchilar odatdagi jismoniy ko‘rikdan o‘tish jarayonida.
Mahsulotlar sanitariya qoidalariga muvofiq ikkita muzlatgichda omborda saqlanadi. Oshxonada muzlatgich yo‘q, go‘sht va sabzavotlarni yuvadigan banyolar o‘rnatilmagan, shuningdek, xom go‘sht va sabzavotlarga mo‘ljallangan stollar issiq sexda joylashgan. Hamshiraning xonasida kunlik namunalar bitta muzlatgichda saqlanadi. Hojatxonalar zararsizlantirilmaydi.
80-sonli MTT
Bolalar soni: 9 oktyabr - 232, 10 oktyabr - 326 nafar.
Zaharlangan bolalar soni: 4 nafar.
Tibbiyot muassasasida markazlashtirilgan suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimi, qozonxona ishlaydi. Barcha xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.
Guruhlarda hojatxonalar va rakovina yetarlicha o‘rnatilgan. Mahsulotlar omborxonadagi muzlatgichlarda saqlanadi. Mahsulotlarni saqlash qoidalari buzilgan (tuxum va shakar yonma-yon saqlanadi). Oshxonada muzlatgich yo‘q, kunlik namuna hamshiraning xonasida bitta muzlatgichdan saqlanadi, idishlarni yuvish uchun vanna yo‘q.
Aniqlangan qoidabuzarliklarni tuzatish uchun 80-sonli MTT faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ta’kidlanishicha, zaharlanish sabablari bo‘yicha yakuniy xulosa laboratoriya tekshiruvlaridan so‘ng chiqariladi.