Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi. Undan maqsad nima?

Jamiyat

image

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida Prezident farmonida aholi salomatligini mustahkamlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha ishlarga ham e’tibor qaratilgan.

Unga ko‘ra, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ta’lim olishi va kasb egallashiga ko‘maklashish, og‘ir kasallikka chalingan bolalarni davolash maqsadida Bolalarni qo‘llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi va uning maqsadlari amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 100 milliard so‘m ajratiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda “Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, joriy yilning 3 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida deputatlar voyaga yetmagan shaxslar manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish, ularni majburiy mehnatga, ta’qiqlangan yoki g‘ayriqonuniy birlashmalar faoliyatiga jalb qilish hamda voyaga yetmaganlardan shahvoniy maqsadlarda foydalanish holatlariga chek qo‘yish va bunday harakatlarni sodir etganlarning javobgarligini so‘zsiz ta’minlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqdi

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing