Bolalarga suvda cho‘milguncha kitob o‘qish “buyurildi”

Jamiyat

image

Navoiyda xandon otib kulishga arzigulik navbatdagi voqea ro‘y berdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar tarqatishicha, Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Ichki ishlar boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda viloyat hududlaridan oqib o‘tuvchi cho‘milishga ruxsat berilmagan kanallar va daryolarda reydlar o‘tkazilmoqda.

Reydlar davomida cho‘milish uchun ruxsat etilmagan suv havzalarida cho‘milayotgan bolalarga ushbu hududlarda cho‘milish mumkin emasligi tushuntirilib, suv havzalaridan chiqarib yuborilmoqda. Voyaga yetmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida ularga kitoblar berilmoqda.

Bu xabarni o‘qib, suratda esa qir yalang‘och bo‘lib turgan bolalarni ko‘rib, kulishni ham, yig‘lashni ham bilmay qoldik. Oftobning tig‘ida, anomal issiq kunlar bo‘lib turgan bir vaqtda bu bolalar qayerga borsin? To‘g‘ri, oqib turgan suvda cho‘milish xavfli. Lekin, o‘rniga suv havzasi yoki boshqa suv sporti saroyi bo‘lmagandan keyin qayerda cho‘milsin? Yo sovg‘a qilingan kitobni o‘qib, uyida dimlanib o‘tiraversinmi?

Ma’lum qilinishicha, mavsum boshidan viloyat hududidan o‘tgan daryo, kanallar va ichki ariqlar bo‘ylarida “Cho‘milish taqiqlanadi” yozuvlari bo‘lgan 356 dona ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatilgan.

O‘rtoqlar, muammoga bu tarzda yechim topilmaydi...


Maqola muallifi

Teglar

FVV

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing